UCHINCHI RENESSANS: OʻZBEKISTONNING YANGI TARIXIDA ILM-MA'RIFATGA INTILISH
Keywords:
Uchinchi Renessans, Yangi Oʻzbekiston, Ta'lim islohotlari, Bilimga asoslangan jamiyat, Temuriylar Renessansi, Inson kapitali, Global raqobatbardoshlikAbstract
Ilmiy-tahliliy maqolada Oʻzbekiston Respublikasining rivojlanish strategiyasining asosiy gʻoyasi boʻlgan "Uchinchi Renessans" konsepsiyasi atroflicha tahlil qilinadi. Konsepsiya Oʻzbekistonning boy tarixiy merosiga (Birinchi va Ikkinchi Renessans) asoslangan holda, bilimga asoslangan jamiyat va raqobatbardosh iqtisodiyotni qurishga qaratilgan. Maqolada mazkur gʻoyaning ta'lim, fan va madaniyat sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlardagi aks etishi, jumladan, maktabgacha ta'limni rivojlantirish, oliy ta'lim muassasalariga avtonomiya berish va ilmiy tadqiqotlarni tijoratlashtirishga e'tibor kuchaytirilgani koʻrsatib oʻtiladi. Muallif Uchinchi Renessansni muayyan shaxs yoki sulolaning tashabbusi emas, balki butun jamiyatning ongli tanlovi sifatida baholaydi va uning muvaffaqiyati Oʻzbekistonning kelajakdagi global mavqei uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanligini xulosa qiladi.