AMIR TEMUR — TARIXIY SHAXSIYAT VA DAVLAT ARBOBI SIFATIDA AHAMIYATI
Keywords:
Tarixiy shaxs,davlat arbobi,markazlashgan davlat,harbiy strateg,islohotlar,madaniyat,ilm-fan,me’morchilik,meros,siyosiy barqarorlik,Samarqand,temuriylar davri,siyosiy yetakchilik,strategik tashabbus, madaniy rivojlanish,shaharsozlik,ilmiy meros,mudofaa san’ati.Abstract
. Ushbu ilmiy ish Amir Temurning tarixiy shaxs sifatidagi o‘rni va davlat arbobi sifatida tutgan beqiyos ahamiyatini yoritishga bag‘ishlanadi. Annotatsiyada Temurning siyosiy faoliyati, u barpo etgan markazlashgan va kuchli davlatning shakllanish jarayonlari, harbiy strategiya va boshqaruv tizimidagi o‘ziga xos yondashuvlari batafsil ko‘rib chiqiladi. Amir Temur o‘z davrining nafaqat qudratli sarkardasi, balki o‘tkir davlat arbobi sifatida ham ko‘zga tashlanadi. Uning “Kuch adolatda” tamoyiliga asoslangan boshqaruvi siyosiy barqarorlikni ta’minlab, mamlakat ichki tuzilmasini mustahkamladi. Shuningdek, ishda Temur tomonidan ilm-fan, me’morchilik, adabiyot va hunarmandchilikning rivojiga qaratilgan e’tibor, Samarkandning ilmiy-madaniy markazga aylanishi, Temuriylar davridagi madaniy uyg‘onish jarayonlari haqida ma’lumot beriladi. Annotatsiya yakunida Amir Temurning jahon tarixidagi o‘rni, siyosiy merosi hamda bugungi kunda ham dolzarbligini yo‘qotmayotgan ta’siri tahlil qilinadi.