Raqamli hikoyalash texnologiyasi asosida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining tanqidiy fikrlash kompetensiyasini rivojlantirish
Keywords:
boshlang‘ich ta’lim, tanqidiy fikrlash, raqamli hikoyalash, kompetensiya, metodika, o‘quvchi faolligi, ta’lim innovatsiyasi.Abstract
Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining tanqidiy fikrlash kompetensiyasini shakllantirishda raqamli hikoyalash metodikasining o‘rni va imkoniyatlari tahlil qilingan. Tadqiqot davomida raqamli hikoyalash vositalari yordamida o‘quvchilarning mustaqil fikrlashi, savol berish, izchil fikr yuritish va muammolarga turli nuqtai nazardan yondashish ko‘nikmalari shakllanganligi kuzatildi. Tajriba-sinov ishlari asosida raqamli hikoyalash metodikasi boshlang‘ich ta’limda tanqidiy fikrlashni rivojlantirishda samarali vosita ekani asoslab berildi. Maqola yakunida tadqiqot natijalari asosida tegishli xulosalar va amaliy tavsiyalar ilgari surilgan.