SALBIY YOKI IJOBIY SUBYEKTIV BAHO IFODALOVCHI LEKSIK, FONETIK, MORFOLOGIK BIRLIKLARNING LINGVISTIK TAHLILI

Authors

  • XUSANOVA NILUFAR SAYDULLOYEVNA Farg‘ona davlat universiteti mustaqil izlanuvchisi husanovanilufar9@gmail.com +998904073070 ORCID ID 0009-0006-0444-4014 Author

Keywords:

subyektiv baho, leksik birlik, fonetik vosita, morfologik qo‘shimcha, emotsional baho, bahoviy birlik.

Abstract

Ushbu maqolada o‘zbek va ingliz tilida salbiy yoki ijobiy subyektiv baho bildiruvchi leksik, fonetik va morfologik birliklar lingvistik jihatdan tahlil etilgan. Salbiy va ijobiy emotsional munosabatni  ifodalovchi til vositalarining struktur-semantik va uslubiy  xusussiyatlari o‘rganilgan. O‘zbek va ingliz tili materiallari asosida  bahoviylikning  lingvopragmatik funksiyasi aniqlangan. Tadqiqotning maqsadi til birliklari orqali shaxsiy-emotsional munosabat ifodasini  ilmiy asosda  aniqlash  va  bahoviy semantikaning uslubiy-matn hosil qilishdagi o‘rnini  belgilashdan iborat. Tadqiqotning predmeti sifatida  subyektiv baho bildiruvchi sifatlovchilar, bahoviy-emotsional affikslar, ustsigment birliklarning qo‘llanish xususiyatlari o‘rganildi. Qiyosiy-tipologik metodi, tavsiflash metodi, system tahlil metodlar asosida olib borilgan izlanishlar natijasida ushbu birliklar emotsional ta’sirga ega bo‘lib, subyektning shaxsiy munosabatini ifodalashda lingvopragmatik vosita sifatida xizmat qilishi aniqlandi. Tadqiqot xulosalariga ko‘ra, bahoviy birliklar nafaqat emotsional-ekspressiv qatlamni shakllantiradi, balki kommunikativ samaradorlikni ham oshiradi.

Downloads

Published

31-07-2025

How to Cite

SALBIY YOKI IJOBIY SUBYEKTIV BAHO IFODALOVCHI LEKSIK, FONETIK, MORFOLOGIK BIRLIKLARNING LINGVISTIK TAHLILI. (2025). ILG’OR PEDAGOG, 2(2), 24-28. https://innoworld.net/index.php/ip/article/view/519