Boshlang‘ich sinflarda monologik nutqni rivojlantirishda ona tili va o‘qish savodxonligi fanlarining integratsiyasi
Keywords:
monologik nutq, boshlang‘ich ta’lim, ona tili, o‘qish savodxonligi, fanlar integratsiyasi, nutqiy kompetensiya, matn bilan ishlash, pedagogik yondashuvAbstract
Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida monologik nutqni rivojlantirish masalasi pedagogik muammo sifatida tahlil qilinadi. Unda ona tili va o‘qish savodxonligi fanlarining integratsiyasi asosida monologik nutqni shakllantirishning nazariy asoslari, metodik imkoniyatlari va amaliy ahamiyati yoritilgan. Tadqiqot davomida monologik nutqning mazmuni, tuzilishi, shakllanish bosqichlari hamda integratsiyalashgan ta’lim jarayonida undan foydalanish yo‘llari ochib berilgan. Maqolada matn bilan ishlash, nutqiy mashqlar, ijodiy topshiriqlar, savol-javob va suhbat metodlarining o‘quvchilar monologik nutqiga ta’siri asoslab berilgan. Integratsiyalashgan yondashuv o‘quvchilarning mustaqil fikrlashi, nutqiy faolligi va kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirishda samarali pedagogik vosita ekanligi ilmiy jihatdan asoslanadi.