MEHMONXONA XIZMATLARINI STANDARTLASHTIRISH VA SERTIFIKATLASHTIRISHNING HUQUQIY-ME’YORIY ASOSLARI
Keywords:
Mehmonxona xizmatlari, standartlashtirish, turizm, sifat menejmenti, sertifikatlashtirish, huquqiy-me’yoriy asoslar, O‘zDSt, ISO, HACCP, ekologik xavfsizlik, raqobatbardoshlik, O‘zbekiston.Abstract
Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasida mehmonxona xizmatlarini standartlashtirish va sertifikatlashtirish tizimining huquqiy-me’yoriy asoslari hamda ularning amaliy ahamiyati yoritilgan. Tadqiqotda mehmonxona sanoatida xizmatlar sifatini oshirish, xavfsizlikni ta’minlash va xalqaro standartlarga moslashuv jarayonlari tahlil qilinadi. Shuningdek, “Turizm to‘g‘risidagi qonun”, O‘zDSt 60.1:2003 kabi milliy standartlar va sertifikatlashtirish tizimining bosqichlari chuqur o‘rganilgan. Sertifikatlashtirishning mehmonxona xizmatlari raqobatbardoshligini oshirish, mijozlar ishonchini mustahkamlash hamda turizm sohasining barqaror rivojlanishiga qo‘shayotgan hissasi tahlil etiladi. Maqolada ekologik va xalqaro standartlar (ISO, HACCP) asosida sifat menejmenti tizimini joriy etishning dolzarbligi ham alohida ta’kidlangan. Tadqiqot natijalari O‘zbekiston mehmonxona sanoatini yanada samarali boshqarish va xalqaro miqyosda raqobatbardoshligini kuchaytirishga xizmat qiladi.