Kichik sanoat zonalari faoliyatini rivojlantirish va uning samaradorligini oshirish istiqbollari
Keywords:
kichik sanoat zonasi, samaradorlik, innovatsiya, iqtisodiy rivojlanish, infratuzilma, klaster tizimi.Abstract
Ushbu maqolada kichik sanoat zonalarining mamlakat iqtisodiyotidagi o‘rni, ularning tashkil etilish maqsadi va hozirgi holati, shuningdek, samaradorligini oshirish yo‘llari tahlil etiladi. Tadqiqotda kichik sanoat zonalarining iqtisodiy rivojlanishdagi o‘rni, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish istiqbollari yoritilgan. Muallif tomonidan sanoat zonalarida infratuzilmani rivojlantirish, investitsion muhitni yaxshilash, raqamli texnologiyalarni joriy etish hamda kadrlar salohiyatini oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan. Maqola natijalari kichik sanoat zonalari faoliyatini yanada samarali tashkil etish va hududiy iqtisodiyotni rivojlantirishga amaliy tavsiyalar sifatida foydalanilishi mumkin.