Mamlakat iqtisodiyotini innovatsiyalar va yashil energiya asosida rivojlantirish masalalari
Keywords:
innovatsiya; yashil iqtisodiyot; qayta tiklanuvchi energiya; iqtisodiy o‘sish; barqaror rivojlanish; energiya samaradorligi; raqamli texnologiyalar; ekologiya; milliy iqtisodiyot; global integratsiya.Abstract
Innovatsiyalar va yashil energiya negizida iqtisodiyotni rivojlantirish masalasi zamonaviy global iqtisodiy siyosatning eng muhim yo‘nalishlaridan biri sifatida qaraladi. Innovatsion texnologiyalarni tatbiq etish, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan keng foydalanish hamda energiya samaradorligini oshirish nafaqat iqtisodiy o‘sish sur’atlarini ta’minlaydi, balki ekologik barqarorlik va milliy xavfsizlikni mustahkamlaydi. Ushbu maqolada mamlakat iqtisodiyotida innovatsion jarayonlar bilan yashil energetika siyosatining o‘zaro bog‘liq jihatlari, xalqaro amaliyotdagi tendensiyalar va O‘zbekiston sharoitida bu sohani rivojlantirish istiqbollari tahlil etiladi.